Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hamkorlikdan maqsad – pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish
11:54 / 2023-10-17

Buxoro viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va Buxoro davlat pedagogika instituti rahbarlari o‘zaro hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

–Bunda asosiy maqsadimiz maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ingliz tilini o‘qitishni yaxshilash, maxsus dastur asosida pedagog kadrlarni tayyorlash, musiqa rahbari va jismoniy tarbiya yo‘riqchilarini o‘qitish, shuningdek, umumta’lim maktablari pedagog kadrlarining sifat tarkibini yaxshilash va ularning kasbiy salohiyatini oshirishdir, –deydi Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Ma’murov.  

Shuningdek, institut talabalarining 4+2 tizimi asosida ta’lim muassasalaridagi amaliyoti jarayonlarini sifatli tashkil etish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Buning uchun manzilli dastur asosida joylarda hamkorlikdagi o‘quvlar, seminar-treninglarni muntazam ravishda tashkil etib borishga kelishib olindi.  

Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Ma’murov boshchiligidagi institut rahbariyati va bir qator professor-o‘qituvchilar institutga biriktirilgan Vobkent tumanidagi 22-umumiy o‘rta ta’lim maktabi pedagog-xodimlarining kasbiy salohiyatini oshirish hamda ularga ilmiy, metodik yordam berish maqsadida mazkur ta’lim maskanida bo‘ldi.  

Maktab o‘qituvchilari bilan uchrashuvda  mavjud muammolar va ularni bartaraf etishda institut tomonidan berilishi mumkin bo‘lgan imkoniyatlar yuzasidan fikrlashildi.

Institut bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, doimiy tarzda maktab o‘qituvchilari bilan ilmiy-amaliy hamkorlikda faoliyat olib borishga kelishib olindi.  

Zarif Komilov,  

O‘zA muxbiri.