Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hamkorlikdagi ilmiy tadqiqotlar samarasi ko‘rib chiqildi
18:32 / 2024-04-02

Keyingi yillarda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik barqaror tus olib, ikki davlat rahbarlarining o‘zaro tashriflari va uchrashuvlari natijasi o‘z samarasini berib kelmoqda.

Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Xitoy Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi va "Alliance of National Science Organization" (ANSO) boshqaruv direktori, professor Jinghua Cao hamda Xitoy Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti professori, akademik George Fu Gao bilan uchrashdi.

Muloqot davomida agrar soha va ta’lim sohasidagi hamkorlik loyihalari samaradorligi hamda kelgusida bu yo‘nalishda yangi maqsadlarni amalga oshirish imkoniyatlari haqida so‘z yuritildi.

Bugun jamiyat hayotining barcha sohalarida yutuqlarga erishish va rivojlantirishda ilm-fan va sun’iy intellektning o‘rni beqiyos. Bu haqda atroflicha fikrlar o‘rtaga tashlanar ekan, ikki davlat olimlari hamkorlikda ulkan marralarni zabt etishi mumkinligi aytib o‘tildi, deyiladi Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotida.

Uchrashuv yakunida akademik George Fu Gao butun dunyo aholisini sinovdan o‘tkazgan COVID-19ga qarshi O‘zbekiston-Xitoy hamkorligida yaratilgan vaksinaning yaratilish tarixi va unda o‘zbek olimlarining munosib hissasi borligini ta’kidladi.

Kelgusida ham mana shunday samarali hamkorlik aloqalarini davom ettirish har ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘lishi qayd etildi.

A.RUSTAMOV, O‘zA