Rossiya-Ukraina
Ukraina Qurolli kuchlari Kiyev osmonida boshqaruvini yo‘qotgan “Bayraktar” uchuvchisiz uchoqni 4 may kuni kech soat sakkizlarda urib tushirdi. Qo‘mondonlik xabarida “agar bu uchoq harakatdan to‘xtatilmaganida jiddiy ko‘ngilsiz hodisalar keltirib chiqargan bo‘lardi” deyiladi.
“Har holda uchoq texnik nuqson sababli boshqaruvini yo‘qotgan”, deb qo‘shimcha qilinadi xabarda.
AQSH ma’muriyati Kiyev hokimiyatini Rossiya hududiga hujum qilishini qo‘llamaydi, deb xabar berdi
“Reuters” agentligi Oq uyning Milliy xavfsizlik kengashi strategik kommunikatsiyalar bo‘yicha muvofiqlashtiruvchisi Jon Kirbiga tayanib.
Britaniya tomonidan Ukrainaga berilgan ko‘p bo‘lmagan qurol-aslaha sotib yuborilgan. Bu haqda Birlashgan Qirollik mudofaa vaziri o‘rinbosari Kenni Makaskilla ma’lum qilgan.
Niderlandiya Kiyevga harbiy va boshqa yordamlar berishda davom etmoqda. Bu haqda mamlakat TIV rahbari Vopke Xukstra ma’lum qildi.
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Niderlandiyaga safari davomida Bosh vazir Mark Ryutte va mudofaa vaziri Kaysa Ollengren hamrohligida Sustenberg shahri yaqinidagi harbiy bazaga tashrif buyurdi, deb xabar berdi mamlakat teleradiokorporatsiyasi.
Mezbonlar mehmonga avval yetkazib berishi va’da qilingan harbiy texnika va uskunalarni namoyish qilishgan.
Xitoy tashqi ishlar vaziri Sin Gan rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan uchrashuv chog‘ida Pekin Moskva bilan hamjihatlikda Ukraina atrofidagi ziddiyatni hal etishga tayyorligi to‘g‘risida bayonot berdi. Bu haqda XXR TIV matbuot xizmati xabar berdi.
“Xitoy qat’iy ravishda tinchlik muzokaralari o‘tkazishni talab qiladi. Biz Rossiya bilan sa’y-harakatlarimizni muvofiqlashtirib borishga tayyormiz”, deyiladi xabarda.
Qo‘shma Shtatlar Ukraina atrofidagi inqirozni kuchaytirishga qaratilgan “aqldan ozish urinishlari”ni to‘xtatishi kerak, deb bayonot berdi AQSHning 35-prezidenti Jon Kennedining jiyani Robert Kennedi.
“Rossiya tomoni quvvatlayotgan kuchlar Kapitoliyaga hujum uyushtirganida bizning munosabat qanday bo‘lishini bir tassavvur qilib ko‘ring”, deb yozdi u ijtimoiy tarmoqlardagi o‘z sahifasida.
“Prezident Kennedi o‘z vaqtida milliy kamsitish va yadro urushi o‘rtasida Rossiyadan nimani tanlashga majbur qilish kerak emas, degan edi. Hozir ham bu maslahatga amal qilish kerak”.
AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostin ukrainalik hamkasbi Aleksey Reznikov bilan telefon suhbati davomida Kremlga uyushtirilgan dron hujumini muhokama qilishgan. Bu haqda Pentagon matbuot kotibi o‘rinbosari Sabrina Singx ma’lum qildi.
Vengriya tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Peter Siyyarto Kremlga uchuvchisiz uchoqlarning harbiy hujumlari singari xavfli hodisalarning oldini olish uchun Ukrainadagi inqirozni tezroq to‘xtatish choralarini ko‘rish zarur, deb hisoblashini aytdi.
“CNN” telekanaliga intervyuda “inqiroz to‘xtagach, bu kabi voqealarga ehtiyoj qolmaydi, eng muhimi, insonlarning hayoti saqlanib qolinadi”, degan vazir.
Fransiya Ukraina bilan yangi yordam paketi bo‘yicha ish olibebormoqda, deb xabar berdi respublika tashqi ishlar vaziri Katrin Kolonna “France Info” radiostansiyasiga suhbatda.
“Bugungacha Kiyevga artilleriya uskunalari, havo hujumidan himoya tizimlari, o‘q-dorilar va bronemashinlar jo‘natdik”, deb qo‘shimcha qildi u.
“Reuters” agentligidagi suhbatda bir-ikki oy orasida havo hujumlari to‘g‘risida xabar beruvchi Isroil tizimi Kiyevda foydalanishga topshiriladi, deb bayonot bergan Ukrainaning Tel-Avivdagi elchisi Yevgeniy Korniychuk.
Abror XON,
O‘zA