French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hamkorlikda ishlashga kelishildi
11:40 / 2025-02-18

Jizzaxda viloyat hokimligi va Fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyat sudi vakillari ishtirokida oilaviy ajrimlarning oldini olishga qaratilgan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Jizzax viloyat sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi N.Rasulov hamda viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i G.Normurodovalar tomonidan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

Tadbirda mahallalarda oilaviy ajrimlarning oldini olish, sudda nizolashayotgan taraflarni murosaga keltirish yuzasidan har oyda tuman va shaharlarda o‘tkazilayotgan yarashtiruv tadbirlari grafigi ham tasdiqlab olindi.

–Nikohdan ajrashish va erta nikoh qurishning oldini olish, oilalardagi notinchlik, oila a’zolarining moddiy ta’minoti yoki birgalikdagi umumiy mol-mulkiga oid nizolarni ko‘rib chiqish va hal etishda o‘zini o‘zi boshqarish organlari va fuqarolik institutlarining roli muhimligini ta’kidlab o‘tgan bo‘lardim, – deydi Jizzax viloyat sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi N.Rasulov. – Shuningdek, oilaviy munosabatlar barqarorligi borasida profilaktik tadbirlarni amalga oshirish, nikohdan ajratishga oid ishlarni ko‘rib chiqishda fuqarolar yig‘inining oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi mas’uliyatini mustahkamlash, sudlarda ko‘rilgan nizoli oilalar haqida “Xavfsiz oila” tamoyili asosida mahalla va boshqa vakolatli organlarga o‘z vaqtida xabar berib borish lozimdir.

Tadbirda so‘zga chiqqan sudlov hay’ati raisi N.Rasulov, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i G.Normurodova va boshqalar kelgusida o‘zaro hamkorlikni ushbu memorandumdan kelib chiqqan holda amalga oshirish, jamiyatda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka doir murosasizlik muhitini yaratish, xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ajralish yoqasiga kelib qolgan oilalarni yarashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

L.XALITOVA,

Jizzax viloyat sudi fuqarolik  

ishlari bo‘yicha sudyasi.

O‘zA