Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hamkorlik yo‘lidagi uchrashuv
16:44 / 2024-09-13

Toshkent viloyat hokimi Zoyir Mirzayev Xitoyning bir guruh ishbilarmon vakillarini qabul qildi. Dastlab, “Hebei Taiqian Technology Co., Ltd” kompaniyasi rahbari Yao Guihong tomonidan paxta ekishda o‘ziga xos Xitoy texnologiyasi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Uchrashuvda qishloq xo‘jaligida zarur bo‘ladigan uskuna va texnikalar, urug‘ navlarini Xitoydan keltirish, shuningdek, sug‘orish tizimi, yer ajratish, eksport qilish bilan bog‘liq masalalar ham muhokama qilindi. Shuningdek, mahalliy tadbirkorlar bilan hamkorlik qilish va ko‘plab ish o‘rinlari yaratish borasida ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. 

Zoyir Mirzayev mehmonlarga auksion savdolari orqali yoki 30 yilga ijara shartnomasi tuzgan holda, Bekobod, Oqqo‘rg‘on tumanlaridan yer ajratilishini bildirdi. Bundan tashqari, yer maydonlarida ekinlarni almashlab ekish, paxta yetishtirishdan to tayyor mahsulotgacha bo‘lgan bosqich, ya’ni, klaster tizimida ishlash taklifi ilgari surildi. 

Tomonlar amaliy hamkorlik yo‘nalishlarini ko‘rib chiqishga kelishib oldi. 

A.Musayev,O‘zA.