Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hamkorlik rivoj topmoqda
16:15 / 2025-11-19

Toshkent viloyati delegatsiyasining AQSHga safari samarali biznes kelishuv va muloqotlarga boy bo‘ldi. Xususan, 15 noyabr kuni Filadelfiyaning “Sheraton” biznes markazida Toshkent viloyati delegatsiyasi va mahalliy tadbirkorlar ishtirokida “Tadbirkorlik, investitsiya va intonatsiya” biznes forumi o‘tkazildi.

Unda AQSH biznes elitasi, o‘zbekistonlik tadbirkorlar hamda Filadelfiyada ishbilarmonlikda  muvaffaqiyat qozongan vatandoshlarimiz ishtirok etdi. Forumda ikki davlat tadbirkorlari o‘zaro manfaatli loyihalar bo‘yicha hamkorlikka qiziqish bildirdi. AQSHdagi “Asian American Business Alliance” va Amerika – O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi vakillari tashabbuslari taqdim etildi. 

Toshkent viloyat hokimi Zoyir Mirzayev viloyatning investitsion salohiyati va imkoniyatlari haqida so‘z yuritdi va AQSH tadbirkorlari bilan B2B va G2B formatida muzokaralar o‘tkazdi. E’tiborlisi, Filadelfiyada tashkil etilgan Toshkent viloyati savdo uyi taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Bu yerda viloyatda yetishtirilgan mahsulotlarni saqlash va qayta taqsimlash uchun 5000 metr kvadrat sig‘imga ega yirik omborxona ham mavjud bo‘lib, unga dastlabki mahsulotlar qabul qilina boshlandi. 

Forum qatnashchilarini O‘zbekistonning AQSHdagi elchisi Furqat Sidiqov va “Vatan” jamiyati rahbariyati qutladi. AQSHlik ishbilarmonlar Toshkent viloyatida yaratilayotgan “Amerika industrial hududi”da faoliyat yuritish bo‘yicha qiziqish bildirdi. 

Tadbirni tashkil etishga “Vatan” jamiyati, Amerika – O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, “AD Express” kompaniyasi hamda Toshkent viloyati hokimligi ko‘maklashdi. 

A.Musayev, O‘zA.