Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hamkorlik: “O‘zagroinspeksiya”da “O‘zbek-Turk urug‘chilik test markazi”ni ochish loyihasi muhokama qilindi
16:15 / 2024-09-12

“O‘zagroinspeksiya” faoliyati bilan yaqindan tanishish hamda “O‘zbek-Turk urug‘chilik test markazi”ni ochish loyihasini amalga oshirish maqsadida O‘zbekistonga Turkiya delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Ushbu delegatsiya tarkibida Turkiya Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligining O‘simlik sanoati bosh boshqarmasi Urug‘chilik bo‘limi boshlig‘i Fatih Ahmet Yentur boshchiligida vazirlikning Yevropa Ittifoqi Tashqi aloqalar bosh boshqarmasi muhandisi Mustafa Uz, TTSM – Urug‘larni sinash va sertifikatlashtirish markazi direksiyasi muhandisi Bulent O‘zturk, “ECOSA” – Iqtisodiy hamkorlik mamlakatlari urug‘chiligi assotsiatsiyasi bosh kotibi Muhteshem Torun va “TSÜAB” – Urug‘chilik sanoatchilari va ishlab chiqaruvchilari quyi ittifoqi qishloq xo‘jaligi muhandisi Ali Gumushlar tashrif buyurishdi. Ularga Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha attashesi Burhan Demirok hamrohlik qildi.

Tashrif davomida mehmonlar “O‘zagroinspeksiya” va uning qoshidagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasida bo‘lib, inspeksiyaning urug‘chilik sohasidagi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi hamda ikki mamlakat rahbarlari uchrashuvida ochilishi rejalashtirilgan “O‘zbek-Turk urug‘chilik test markazi”ni “O‘zagroinspeksiya”da tashkil etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.

Shuningdek, Turkiya delegatsiyasi tomonidan “O‘zbek-Turk urug‘chilik test markazi”ni xalqaro ISTA qoidalari asosida tashkil qilish taklifi bildirildi. Bunda, ushbu tashkil qilinadigan markazda xalqaro ISTA talablari asosida sabzavot va poliz ekinlari urug‘lariga ISTA sertifikatlarini berish faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Uchrashuvda tomonlar o‘rtasida kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan fikr almashilib, “O‘zagroinspeksiya”da “O‘zbek-Turk urug‘chilik test markazi”ni tashkil qilish bo‘yicha ishlarni jadallashtirishga kelishib olindi.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA