Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hamkorlik o‘rnatishga kelishildi
22:11 / 2021-01-24

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi rahbarlari Saudiya Arabistoni Qirolligi vakillari bilan uchrashdi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov mehmonlarga O‘zbekiston mehnat bozorining rivojlanish tendensiyalari, mamlakatimizda xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimining shakllantirilishi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Qirollikning investitsiya vaziri Xalid Abdulaziz Al-Falix Buxoroda o‘tkazilgan biznes-forumdagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, o‘zaro manfaatli hamkorlikning istiqbollari haqida fikr bildirdi.

Tomonlarning ta’kidlashicha, bu muloqot turizm, tibbiyot, xizmat ko‘rsatish sohasi, kadrlar tayyorlash va mehnat migratsiyasi masalalari bilan bog‘liq yo‘nalishlarni qamrab olishi lozim. Ikki tomonlama hamkorlikning huquqiy poydevorini shakllantiruvchi hukumatlararo bitim va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish bo‘yicha kelishib olindi.

 

O‘zA