Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hamkorlik memorandumlari imzolandi
15:38 / 2017-11-09

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi va Koreya Respublikasi zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilari federatsiyasi bilan Toshkent shahrida zargarlik buyumlari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi.

Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston – Janubiy Koreya biznes forumi va kooperatsion birja doirasida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzuridagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi va Koreya Respublikasining "Awesome Ltd.", "SuWan TPL Co.,Ltd", "DOBE CorpInc." kompaniyalari o‘rtasida mamlakatimiz tadbirkorlari tomonidan ushbu mamlakatga to‘qimachilik mahsulotlari, sharbatlar, ziravorlar va boshqa mahsulotlar yetkazib berish bo‘yicha hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi va Koreya Respublikasi zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilari federatsiyasi bilan Toshkent shahrida zargarlik buyumlari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi.

Mazkur bitimlar ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Tadbirda Janubiy Koreyaning qurilish, oziq-ovqat sanoati, zargarlik buyumlari, tibbiy uskunalar, shaxsiy gigiyena vositalari, qishloq xo‘jaligi texnikasi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, to‘qimachilik va to‘qimachilik uskunalari ishlab chiqarish, logistika, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash va tayyorlash hamda boshqa sohalarda faoliyat yuritadigan yirik kompaniyalari vakillari qatnashdi.