Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hamkorlik memorandumi imzolandi
11:58 / 2026-02-09

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti hamda I. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Mazkur memorandum madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros sohasida ilmiy muloqotni rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashish hamda mavjud ilmiy va madaniy salohiyatdan samarali foydalanishga qaratilgan.

Uchrashuv davomida tomonlar ilmiy-amaliy tadbirlar, seminar va uchrashuvlar doirasidagi hamkorlik, shuningdek, kelgusidagi o‘zaro aloqalarni izchil yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.  

Mazkur hamkorlik ilmiy-tadqiqot muassasalari va madaniyat muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, nomoddiy madaniy merosni o‘rganish va targ‘ib qilish borasidagi hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.

Hamkorlik to‘g‘risida memorandum, shuningdek, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali o‘rtasida ham imzolandi. Ushbu memorandum ilmiy-tadqiqotlar, ta’lim jarayoni, nomoddiy madaniy merosni o‘rganish va targ‘ib qilish, shuningdek, qo‘shma loyihalar, ilmiy-amaliy tadbirlar hamda mutaxassislar almashinuvini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri