Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hamkorlik memorandumi imzolandi
12:24 / 2025-12-25

Oliy Majlis huzuridagi fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi Buxoro viloyati bo‘linmasi tashabbusi bilan viloyat Madaniyat boshqarmasi bilan viloyatda faoliyat olib borayotgan milliy madaniy markazlar, nodavlat notijorat tashkilotlari hamkorlik memorandumini imzoladi.

Hamkorlik memorandumi doirasida turli millat va elatlarning merosini asrab-avaylash, milliy an’ana va urf-odatlarni rivojlantirish, madaniy mahsulotlar, festivallar va ko‘rgazmalar tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Memorandum doirasida tojik-forsiy, turkman, qozoq, rus, yahudiy, polyak, koreys, nemis va boshqa milliy madaniy markazlar bilan hamkorlik qilinadi. 

– Bu tadbir viloyatda millatlararo totuvlikni, madaniy aloqalarni va boy milliy madaniy merosni targ‘ib qilishda muhim qadam bo‘ldi, – deydi viloyat Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Vohid Niyozov. – Ushbu hamkorlik kelajakda viloyat madaniy hayotini yanada jonlantirib, turli millat vakillarining o‘ziga xos do‘stlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.