Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hamkorlik Memorandumi imzolandi
10:58 / 2024-11-29

O‘zbekiston Notarial palatasi hamda Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg davlat universiteti (SPbDU) o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Mazkur Memorandum — birinchi xorijiy oliy o‘quv yurti imzolangan memorandum hisoblanadi.

SPbDUning xalqaro faoliyati bo‘yicha prorektori S.V.Andryushin hamda O‘zbekiston Notarial palatasi raisi D.Ashurov tomonidan imzolangan ushbu hujjat taraflar tomonidan quyidagi yo‘nalishlarni rivojlantirishni o‘z ichiga oladi.

Xususan, memorandum ilmiy loyihalarni amalga oshirish,  o‘quv va ilmiy tadbirlar, kurslar, konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar tashkil etish, ilmiy tajriba almashish, bibliografik materiallar va tomonlarni qiziqtirgan boshqa ma’lumotlarni almashlash borasida hamkorlikni tashkil etishga qaratilgan. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Notarial palatasi mamlakatimizda yurist kadrlarni tayyorlaydigan 8 ta oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik memorandumlarini imzolagan. 

O‘zA