Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hamkorlik memorandumi imzolandi
12:25 / 2024-02-06

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi partiya tashkiloti hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda “Ekologik madaniyatni oshirish va bunda ekologik tarbiya jarayonida xotin-qizlarning o‘rnini kuchaytirish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Hozirda Qoraqalpog‘iston Respublikasida partiya a’zolari soni 47 ming nafardan oshgan. Shulardan 24 ming 789 nafarini ayollar tashkil etadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining 12 nafar deputatidan  2 nafari, shahar va tuman Kengashlarining 40 nafar deputatidan 10 nafari xotin-qizdan iborat.  

O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan atrof-muhitni muhofaza qilish borasida xotin-qizlarning rolini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Aholining, ayniqsa, yoshlarning ekologik madaniyatini oshirish, jamiyatdagi ekologik faollikni kuchaytirishda xotin-qizlarning o‘rni beqiyos. Davra suhbatidan ko‘zlangan asosiy maqsad joylarda ekologik muammolarni bartaraf etishda birgalikda jamoatchilik e’tiborini qaratish, oilada ekologik madaniyatni shakllantirish, sanitar-gigiyena me’yorlariga amal qilish, suvni tejash, chiqindilarni saralash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni tabiatga mehrli etib tarbiyalashdan iborat.  

Tadbirda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi partiya tashkiloti hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi va uning doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” belgilandi.  

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.