Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hamkorlik memorandumi imzolandi
18:51 / 2021-05-21

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi “JICA” o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandumni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Hujjat investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari L.Qudratov va “JICA”ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbarining o‘rinbosari Yo.Takemura tomonidan imzolandi.

Hujjat bilan infratuzilmani samarali rivojlantirish, iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish, kambag‘allikni qisqartirish va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish chora-tadbirlarini amalga oshirish maqsadida O‘zbekistonda hukumat tomonidan suveren kafolat taqdim etilishini talab etmaydigan “JICA”ning xususiy sektorni moliyalashtirish bo‘yicha yangi vositasini joriy etish ko‘zda tutilgan.

Joriy yilning 28 may va 24 iyun kunlari vebinarlar shaklida o‘tkazilishi rejalashtirilgan ikkita biznes-konferensiya davomida yangi moliyaviy vositasining amaliy jihatlari va mexanizmlari yoritiladi. Vebinarlar maqsadi O‘zbekistonning xususiy kompaniyalar rahbarlarini “JICA” tomonidan investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning taklif etilayotgan yangi imkoniyatlari haqida keng xabardor qilishdir.

O‘zA