Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hamkorlik memorandumi imzolandi (+video)
19:36 / 2025-04-21

Bugun Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash marosimi o‘tkazildi.

Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti bilan imzolangan o‘zaro hamkorlik kelishuviga asosan tomonlar keng qamrovli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish, o‘zaro manfaatli, nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan tadbirlar o‘tkazish, fundamental va amaliy tadqiqotlarni birgalikda olib borish, O‘zbekiston Milliy kutubxonasidagi mavjud milliy va xalqaro elektron resurslaridan samarali foydalanish, xodimlarning malakasini oshirish va ularga metodik yordam berishga kelishib oldilar.

Shuningdek, tomonlar, zarur hollarda, huquqiy, tahliliy, ilmiy, statistik xarakterga ega bo‘lgan va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan almashishi taqiqlanmagan yoki cheklanmagan boshqa ma’lumotlarni almashishda bir-birlariga o‘zaro yordam ko‘rsatish, o‘z faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-amaliy mavzulardagi loyihalarda ishtirok etish, O‘zbekistonda madaniy-ma’rifiy sohalarda olib borilayotgan islohotlar samaradorligini ta’minlashda kadrlar oldiga qo‘yilayotgan vazifalar bo‘yicha o‘zaro axborot va tajriba almashish kabi majburiyatlarni bajaradilar.

Hamkorlik aloqalari doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarda tashabbus va faollik ko‘rsatish, institut axborot-resurs markazi elektron kitoblar fondini kengaytirish bo‘yicha hamda institut axborot-resurs markazi xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab oldilar.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/UPs0v6S6jQI" title="Hamkorlik memorandumi imzolandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, N. Abduvoitov (video), O‘zA