Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hamkorlik masalasi muhokama etildi
15:03 / 2024-07-19

“BYD Uzbyekistan Factory” qo‘shma korxonasi bosh direktori Shavkatbek Alimov hamda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Olimjon To‘ychiyev Jizzax politexnika institutida bo‘ldi.

Ma’lumki, Jizzaxdagi “BYD Uzbyekistan Factory” kompaniyasiga malakali mutaxassislarni jalb qilish maqsadida Jizzax politexnika instituti va Toshkentdagi Turin politexnika universiteti bilan birgalikda yuqori malakali mutaxassislarni o‘qitish bo‘yicha muhandislik o‘quv markazini tashkil qilish rejalashtirilgan.

Tashrif davomida mehmonlar institut rektori Alisher Usmanqulov bilan birgalikda mazkur muhandislik o‘quv markazini tashkil qilish yuzasidan hamkorlikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar va kelgusida bajariladigan ishlar rejasini kelishib oldi.

A.QAYUMOV, O‘zA