Hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Navoiy shahar hokimi Dilmurod Ergashev AQSHlik investor – “ US SCIENTIFIC NAVOI” xorijiy korxonasi ta’sischisi Vinters Mark Antoni bilan uchrashdi.
Uchrashuvda “ US SCIENTIFIC NAVOI” xorijiy korxonasi tomonidan qiymati 52 million AQSH dollari bo‘lgan “Zamonaviy shoshilinch tez tibbiy yordam markazi”ni tashkil etish loyihasini amalga oshirish hamda mazkur loyihada yuzaga kelayotgan muammolarni hal qilish va hamkorlik masalalari muhokama qilindi.



Albatta, bu kabi yirik investitsiya loyihalari kelajakda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va salmog‘ini oshirishga xizmat qiladi.
A.Bo‘riyev, O‘zA