Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hamkorlik masalalari muhokama etildi
09:34 / 2025-08-07

FOTOREPORTAJ

Germaniyadagi Lyudvigsburg ommaviy boshqaruv va moliya oliy maktabi huzuridagi “Ommaviy iqtisodiy huquq” instituti direktori, yuridik fanlari doktori, professor Gerald Zander boshchiligidagi delegatsiya Namanganga tashrif buyurdi.

Ma’lumki, viloyatda Samarqand “Xalqaro salomatlik fanlari oliy maktabi” MCHJ shaklidagi O‘zbekiston-Germaniya qo‘shma korxonasining Namangan filialini tashkil etish rejalashtirilgan. Germaniya delegatsiyasining tashrifdan ko‘zlagan maqsadi ushbu loyiha muhokamasi bo‘ldi.

[gallery-24642]

Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov delegatsiya vakillari bilan uchrashdi. Taklif etilayotgan davlat-xususiy sheriklik loyihasi atroflicha muhokama qilindi. Ta’kidlash joiz, mazkur loyihaga ko‘ra, Germaniya Federativ Respublikasi va nemis tilida gaplashuvchi boshqa davlatlarda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lgan fuqarolarni ish beruvchilarning talablari va mazkur davlatlar standartlari bo‘yicha Oliy maktabda kasb-hunar va nemis tiliga o‘qitish, salomatlik va tibbiyot huquqi mutaxassisliklari bo‘yicha to‘rt yillik bakalavriat hamda ikki yillik magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim jarayonini yo‘lga qo‘yish, mahalliy mutaxassislarning kasbiy malakasini oshirish va shu yo‘nalishdagi boshqa masalalar qamrab olinishi rejalashtirilgan.

Muloqot yakunida Samarqand “Xalqaro salomatlik fanlari oliy maktabi” MCHJ shaklidagi O‘zbekiston-Germaniya qo‘shma korxonasi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.

Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA