Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hamkorlik loyihalari amalda
08:47 / 2024-03-13

Iqtisodiyotni boshqarishni takomillashtirish dasturiga asosan Osiyo taraqqiyot banki vakillari hamda “O‘zsuvta’minot” AJ mas’ullari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda “O‘zsuvta’minot” AJ operativ-moliyaviy ko‘rsatkichlari hamda xizmatlar ko‘rsatish sifatini yaxshilash bo‘yicha transformatsiyalar strategiyasi va yo‘l xaritalarini tasdiqlashda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilindi.  

Shuningdek, operatsion-moliyaviy ko‘rsatkichlar va xizmat ko‘rsatishni kuchaytirish, suv ta’minoti va kanalizatsiya, shu jumladan, gender va iqlim o‘zgarishi maqsadlari, milliy hisobga olish dasturiga asoslangan xarajatlarni qoplash uchun suv tariflarini amalga oshirish, tariflarni o‘zgartirish va suvdan barqaror foydalanish bo‘yicha kommunikatsiya strategiyasini ishlab chiqish hamda tasdiqlash choralari ko‘rib chiqildi.  

Tadbirda kommunikatsiya strategiyasiga muvofiq gender sezgir ta’lim kampaniyasini amalga oshirish, investitsiyalar va aktivlarni ishlatish, saqlashga oid siyosatni qabul qilish hamda amalga oshirish rejalari belgilandi. Markaziy va viloyat suv ta’minoti va kanalizatsiya aktivlari reestrini yaratish, shuningdek, tegishli texnik yordam ko‘rsatish masalalari qayd etildi.  

Uchrashuv yakunida hamkorlikni kengaytirish yuzasidan kelishib olindi.  

N.Bozorova, O‘zA muxbiri