English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Hamkorlik kubogi” sport musobaqalari o‘tkazildi
18:30 / 2025-12-04

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligiga bag‘ishlab, oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Hamkorlik kubogi” sport musobaqalari o‘tkazildi.

Mazkur bahslarda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabalari ishtirok etdi.

“Hamkorlik kubogi” sport musobaqalarida ishtirokchilar sportning mini futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat-shashka hamda kibersport turlari bo‘yicha bellashdi.

Musobaqaning ochilish marosimida so‘zda chiqqanlar mazkur turnir  yurtimizdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik, do‘stlik va birdamlikni yanada mustahkamlovchi muhim platforma ekanini ta’kidladi.

— Qiziqarli va teng kurashlar ostida o‘tgan bellashuvlar talaba-yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat, do‘stlik va hamjihatlik muhitini kuchaytirishga xizmat qildi, — dedi O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi talabasi Akmal Jumayev. — Bu yerda kim g‘olib bo‘lgani emas, balki yoshlarning faol ishtiroki, o‘zaro hurmat va do‘stlik ruhida o‘tgan bellashuvning o‘zi muhim bo‘ldi. Sport insonning irodasini mustahkamlaydi. Uni intizomli, maqsadga intilishida qat’iyatli bo‘lishga o‘rgatadi. Shu bois akademiyamizda yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi, ularning jismoniy rivoji va salomatligini mustahkamlashga qaratilgan loyihalarga alohida e’tibor qaratilmoqda.

“Hamkorlik kubogi” kelgusida ham davom ettirilib, turli sport yo‘nalishlari bo‘yicha ommaviy tadbirlar o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Konstitutsiya bayrami munosabati bilan uyushtirilgan mazkur tadbir yoshlarni jismoniy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularni faol va tashabbuskor bo‘lishga undashda muhim ahamiyat kasb etdi.

N.Usmonova, O‘zA