French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hamkorlik kelgusida o‘z natijasini beradi
16:06 / 2025-11-21

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov boshchiligidagi delegatsiya AQSHning Texas shtati Dallas shahrida Amerika AT sanoatida faoliyat yuritayotgan yirik kompaniyalar ishtirokidagi biznes forumda ishtirok etdi.

Muzokaralar davomida nafaqat AT xizmatlar eksportini kengaytirish, sun’iy intelekt texnologiyalarini ijtimoiy sohalarga joriy etish, sanoat va qishloq xo‘jaligida raqamli texnologiyalarni joriy qilish, transport logistikasini optimallashtirish kabi qator tashabbuslar ko‘rib chiqildi.

Forumning eng muhim voqealaridan biri Veritis Group kompaniyasi bilan olib borilgan muzokaralar bo‘ldi. Texasdagi ilg‘or raqamli konsalting markazlaridan biri bo‘lgan ushbu kompaniya raqamli transformatsiya, bulutli xizmatlar, sun’iy intelekt, kiberxavfsizlik, AT autsorsing xizmatlar yo‘nalishlarida AQSHda o‘z nufuziga ega.

Uchrashuvda Veritis Group Buxoroda BPO – masofaviy xizmatlar markazlarini ochish, raqamli boshqaruv va sun’iy intellektga asoslangan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha imkoniyatlarni taqdim etdi.

Shuningdek, forumda Dallas va Orlando shaharlarida zamonaviy xizmatlarni yo‘lga qo‘ygan Berymo kompaniyasi bilan ham amaliy hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi. Kompaniya rahbarlari Buxoroda taksi agregatorlari, intellektual transport yechimlari, shuningdek, yetkazib berishning zamonaviy shakllarini joriy qilish borasida aniq takliflar berdi.

Dallasdagi forumda 20 dan ortiq kompaniyalar bilan amaliy hamkorlik masalalari yuzasidan batafsil fikrlashildi. Uchrashuvda AQSH kompaniyalari Buxoroda BPO – masofaviy xizmatlar ko‘rsatish  markazlarini, o‘quv laboratoriyalar va innovatsion maydonlar tashkil qilishga tayyorligini bildirdi.

Nigora Rahmonova, O‘zA.