Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hamkorlik bitimlari O‘zbekiston va Turkiya savdo salohiyatini oshiradi
11:18 / 2024-06-13

Yaqinda Prezidentimizning Turkiyaga rasmiy tashrifi amalga oshirilgan edi. Tashrif doirasida mamlakat rahbarlari huzurida Standartlashtirish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim ham imzolandi.

Mazkur Bitimning muhim jihatlari hususida Texnik jihatdan tartibga solish agentligi axborot xizmati rahbari Abdurauf Rasulov kuyidagilarni so‘zlab berdi:  

– Mazkur Bitim doirasida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan Turkiya Savdo vazirligi hamda Turkiya Sanoat va texnologiyalar vazirliklari o‘rtasida hamkorlik bitimlari imzolandi.  O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Turkiya Respublikasi Sanoat va texnologiya vazirligi o‘rtasidagi Hamkorlik bitimini imzolashdan asosiy maqsad texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish  va  baholash sohasida hamkorlik ko‘lamini kengaytirish, sanoat va savdo imkoniyatlarini mustahkamlash hamda o‘zaro manfaatli hamkorlikni targ‘ib qilish va rivojlantirishdan iborat.  

Hamkorlik milliy qonunchilik asosida texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va texnik hamkorlik, aloqa va o‘zaro axborot almashinuvining samarali mexanizmi yaratilishini ta’minlaydi.  

Bitimga asosan o‘zaro ma’lumot almashish, xalqaro miqyosda tan olingan tamoyillarga muvofiq texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash tizimlarini yaratish va yuritishga hissa qo‘shish, xalqaro standartlashtirish tashkilotlari texnik qo‘mitalarida faol ishtirok etishda hamkorlik qilish, mutaxassis va ekspertlarni o‘qitish va kasbiy malakalarini oshirish, bundan tashqari, bilim, tajriba va eng ilg‘or amaliyotlar almashish, xalqaro standartlarni ishlab chiqishda hamkorlik qilish, axborot kommunikatsiya texnologiyalarini texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash faoliyatiga joriy qilishni qo‘llab-quvvatlash belgilangan.  

Shuningdek, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Turkiya Respublikasi Savdo vazirligi o‘rtasida mahsulot xavfsizligi va sifat infrastrukturasi sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi Bayonnoma ham imzolandi.  

Unga ko‘ra, asosiy maqsad ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, o‘zaro savdo va do‘stona munosabatlarni mustahkamlash, savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish hamda mahsulot xavfsizligi va sifati infratuzilmasi sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.  

Bu jarayonda  texnik hamkorlik, aloqa va axborot almashish uchun ravon yo‘nalishni tashkil etish maqsadida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Turkiya Respublikasi Savdo vazirligi o‘rtasida Aloqa nuqtalari aniqlanadi.  

Mahsulot xavfsizligi va sifat infratuzilmasi sohasida hamkorlik qilinadi. Shu maqsadda O‘zbekiston sifat infratuzilmasini rivojlantirish uchun konferensiya va trening dasturlarini o‘tkazadi. Turkiya o‘z tajribasi va texnik bilimlari bilan o‘rtoqlashadi hamda texnik yordam ko‘rsatadi.  

Turkiya sanoatida avtomobilsozlik, elektronika, kimyo, to‘qimachilik, konchilik mahsulotlari, qurilish materiallari, o‘simlik yog‘i ishlab chiqarish yetakchi hisoblanadi. Shuningdek, gaz, neft, toshko‘mir, temir,  mis va boshqa rangli metallar qazib olinadi.  

Xulosa o‘rnida ta’kidlash o‘rinliki, mazkur hamkorlik bitimlari O‘zbekiston va Turkiya savdo salohiyatini oshiradi, milliy qonunchilikni xalqaro standartlar va texnik qonun hujjatlariga muvofiqlashtirishga asos bo‘lib xizmat qiladi.  

Sh.Mamaturopova,  

O‘zA