English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanmoqda
16:48 / 2025-12-10

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Xitoy Xalq Respublikasining Nan’an shahri delegatsiyasi vakillari bilan uchrashdi.

Hokimlik axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuv davomida mamlakatimizda tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishtirildi. Xususan, xorijiy investorlar uchun ko‘chmas mulk sotib olish, O‘zbekistonga kelib-ketish va yashash tartib-qoidalari keskin soddalashtirilgani, soliq hamda boshqa yo‘nalishlarda berilayotgan imtiyozlar haqida ma’lumot berildi.

Uchrashuvda ta’kidlanganidek, bugungi kunda Navoiy viloyatiga kiritilgan investitsiyalar hajmining 79 foizi Xitoy davlati hissasiga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, ayni damda Xitoydagi oliy o‘quv yurtlarida 7 ming nafardan ortiq o‘zbekistonlik yoshlar tahsil olmoqda.

Navoiy viloyati respublikaning yirik sanoat markazi hisoblanib, hududda sanoatning asosiy tarmoqlari tog‘-kon va metallurgiya, kimyo, qurilish materiallari, tekstil va to‘qimachilik, mashinasozlik mahsulotlari ishlab chiqarish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. 

Nan’an shahri esa Xitoyning yirik iqtisodiy markazlaridan biri hisoblanadi. Bu yerda qurilish materiallari, texnika, mashinalar va uskunalar, to‘qimachilik, elektrotexnika, mebelsozlik va maishiy buyumlar ishlab chiqarish sanoati, hududlararo savdo-iqtisodiy aloqalar hamda investitsiyaviy hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish uchun yuqori imkoniyatlar mavjud.

Uchrashuv davomida hamkorlikda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, xalqaro aloqalarni yanada mustahkamlashga kelishib olindi.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri