Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda
16:29 / 2025-11-26

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Xitoy davlatining yirik kompaniyalaridan biri “Sinoma Energy Conservation International Investment Co.,Ltd” kompaniyasi raisi va bosh direktori Zuo Dayun boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Hokimlik axborot xizmati xabar berishicha, uchrashuvda Navoiy viloyatida chiqindini qayta ishlash orqali elektr energiyasini ishlab chiqarish, atrof-muhitni muhofaza qilish, energiya tejovchi muhandislik loyihalari, toza energiyaga investitsiyalar, tog‘-kon sanoati hamda nometall mahsulotlarni qayta ishlash orqali sanoatda ishlatiladigan ehtiyot qismlar ishlab chiqarish loyihalarini hamkorlikda amalga oshirish masalalari yuzasidan muzokaralar olib borilgan.

Shuningdek, tomonlar yirik ishlab chiqarish korxonalarida atmosferaga zaharli chiqindilar tashlashni kamaytirish, cho‘llanishning oldini olish va cho‘l yerlarida yashillikni ko‘paytirish bo‘yicha eng zamonaviy loyihalarni amalga oshirish borasida ham fikrlashdi. Unga ko‘ra, “Sinoma Energy Conservation International Investment Co.,Ltd” kompaniyasi boshlig‘i yaqin kunlarda Navoiy viloyatiga zamonaviy uskunalar va yetakchi mutaxassislarini yuborishini ma’lum qildi. 

Muzokaralar yakunida chiqindini qayta ishlash orqali elektr energiya ishlab chiqarish, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda energiya tejovchi muhandislik loyihalarini hamkorlikda amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Bugungi kunda “Sinoma Energy Conservation International Investment Co.,Ltd” kompaniyasi tomonidan Navoiy viloyatida quvvati 300 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi, quvvati 75 MVt bo‘lgan elektr energiyasini saqlash tizimi hamda havo elektr uzatish tarmoqlarini qurish loyihasi amalga oshirilmoqda.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri