Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa manbai instituti rektori v.b. Eldor Shermanov hamda O‘zbek milliy maqom san’ati markazi bosh direktori Farrux Yunusov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Maqom markazining ustavi va nizomiga oid masalalar, uning funksional faoliyatini takomillashtirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda Prezident qarorlarining izchil ijrosini ta’minlash bo‘yicha hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Shuningdek, ikki tashkilot o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash borasida tomonlardan bir qator takliflar bildirildi.
Ikki muassasa vakillari hamkorlikni tizimli davom ettirish maqsadida ishchi guruh shakllantirishga kelishib oldilar.
Shuningdek, institut va markaz o‘rtasida mukammal integratsiya mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish, yoshlarni ish bilan ta’minlash masalalarini qo‘shma tarzda hal etish yuzasidan ham fikr almashildi.
Mazkur uchrashuv — ushbu ikki tashkilot o‘rtasida bunday masalalar doirasida o‘tkazilgan birinchi muhokama bo‘lib, kelgusida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga asos bo‘lib xizmat qiladi.
N.Usmonova, O‘zA