O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashi hamda Navoiy innovatsiyalar universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida memorandum imzolandi.
Bugungi kunda Federatsiyaning Navoiy viloyat Kengashi tomonidan tashkilot, korxona hamda turli sohalarda mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarning haq-huquqlarini himoya qilish bilan bir qatorda, davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari bilan aloqalarni rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ayni paytda Navoiy innovatsiyalar universitetida 16 ta ta’lim yo‘nalishi va 3 ta ixtisoslik bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanayotgan bo‘lsa, AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Turkiya, Latviya, Janubiy Koreya, Hindiston kabi mamlakatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, oliygohda ingliz, nemis, koreys va boshqa xorijiy tillar chuqur o‘rgatiladi. Bu esa talabalarni xalqaro mehnat bozoriga ham munosib ravishda tayyorlashga xizmat qilayapti.


Uchrashuv yakunida bilim dargohida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchi va xodimlar kasaba uyushma a’zoligiga qabul qilindi.
A.Bo‘riyev,
O‘zA muxbiri