Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hamkorlik aloqalari kengaymoqda
11:53 / 2022-03-07

FOTOREPORTAJ

O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi hamkorligida tashkil etilgan Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti hamda Yaponiyaning Morinomiya tibbiyot universitetlari o‘rtasida onlayn tarzda ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda har ikkala tibbiyot muassalari o‘rtasida kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan hamkorlik faoliyati xususida qizg‘in suhbat bordi. Shuningdek, Morinomiya tibbiyot universiteti rektori yurtimizdagi oliy o‘quv yurtlari bilan tibbiyot sohasida hamkorlik ishlarini olib borishga qiziqayotganligini alohida ta’kidlab, o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolanishini qo‘llab-quvvatladi. 
Mazkur muloqotni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad Morinomiya tibbiyot universiteti bilan har tomonlama hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, bu orqali esa professor-o‘qituvchilarning malakasi va tajribasini oshirish hamda talabalarning bilim salohiyatini yuksaltirishga erishishdir.

Institutda xalqaro aloqalarni kengaytirish maqsadida yil boshidan buyon Turkiyadagi Top-1000 talikka kiruvchi nufuzli universitetlar hamda Rossiya Federatsiyasining Kursk va Kuban tibbiyot universitetlari o‘rtasida onlayn tarzda hamkorlik aloqalarni o‘rnatish, kelgusida ilmiy-amaliy faoliyatlarni birgalikda olib borish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, institut rahbariyati Xitoyning Chunsin tibbiyot kolleji bilan memorandum imzolash bo‘yicha muzokaralar olib bordi. 

– Ta’lim muassasasida xalqaro darajadagi talabalar va shifokorlar bilan bellasha oladigan, zamonaviy tibbiyot bo‘yicha eng so‘nggi bilimga ega kadrlarni tayyorlash maqsadida respublikada ilk marotaba Amerika ta’lim dasturiga asoslangan o‘quv kurslari joriy etildi, - deydi Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institut rektori, tibbiyot fanlari doktori Akmal Siddiqov. – Hozirda institutning davolash ishi fakulteti talabalari AQSHning USMLE ta’lim dasturi bo‘yicha 8 nafar yosh xodim, 165 nafar 1-kurs davolash fakulteti talabalariga ingliz tilida dars bermoqda. Ushbu dastur uch bosqichdan iborat va barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli o‘tgan talabalar AQSHda shifokor bo‘lib ishlash litsenziyasini qo‘lga kiritadi.
Ayni kunda mazkur tibbiyot institutida 3 ta fakultet, 25 ta kafedra mavjud. Institutda 8 ta yo‘nalishda o‘quv jarayonlari olib boriladi. Bundan tashqari xalq tabobati, oliy malakaviy hamshira ishi, tibbiy profilaktika, davolash ishi, pediatriya va stomatologiya hamda farmatsiya yo‘nalishlari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 

Oliygohdagi 3 mingdan ziyod talabaning 140 dan ortig‘i xorijlik talabalardir. bugungi kunda institutda 10 ga yaqin millat yoshlari tibbiyot sohasi bo‘yicha tahsil olmoqda. Har birini kelib chiqishi, dini, tili, urf-odati va madaniyati turlicha. Dunyoqarashi bo‘lak bo‘lgan yoshlarning barini birgina sabab, bilim olish va o‘z kelajagini, o‘z taqdirini o‘zi belgilash maqsadi birlashtirgan.

[gallery-6017]


Muqimjon QODIROV (surat) O‘zA