Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hamkorlarimiz sahifalarida
11:10 / 2022-11-02

WAMBosh direktori: “Ikki haftalik bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik bayrami”

BAA axborot agentligi (WAM) ko‘p madaniyatli jamiyatlarda bag‘rikenglik va o‘zaro rozilik muhimligini ta’kidlash uchun o‘z kampaniyasini boshladi. 

U BAAdagi bag‘rikenglikning turli ko‘rinishlarini namoyish etuvchi bir qator yangiliklar va intervyularni o‘z ichiga oladi. Kampaniya shuningdek, bag‘rikenglik xartiyasidan iborat bo‘lib, butun dunyo bo‘ylab OAVda bag‘rikenglik masalalarini yoritishga chaqirilgan.  Harakat “Butunjahon media kongressi”ning bag‘rikeng jamiyatlarni barpo etishda ommaviy axborot vositalarining roliga bag‘ishlangan maxsus sessiyasi bilan yakunlanadi. 

WAM 2 noyabrdan boshlab bag‘rikenglik bo‘yicha qator maqolalarni nashr etishni boshlaydi.

Butun dunyo bo‘ylab 16 noyabrda xalqaro bag‘rikenglik kuni nishonlanadi. Bu yil ushbu kun “Butunjahon media kongressi”ga to‘g‘ri kelmoqda, unda bag‘rikeng jamiyatlarni barpo etishda ommaviy axborot vositalarining roliga bag‘ishlangan maxsus sessiya bo‘lib o‘tadi. Biz millatlararo totuvlik haqida xabardorlikni oshirish masalasini  muhokama qildik va bu kampaniya g‘oyasi tug‘ildi, dedi BAA axborot agentligi (WAM) bosh direktori, “Butunjahon media kongressi” oliy tashkiliy qo‘mitasi raisi Muhammad Jalol Ar-Rayssi. – Kelgusi bir necha hafta ichida biz BAAdagi bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’kidlaydigan qator qiziqarli xikoyalar va intervyularni nashr etamiz. Tolerantlik mavzusi mahalliy va xalqaro miqyosda OAVda  keng yoritilgani sir emas. So‘nggi bir necha yil ichida mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari BAAdagi bag‘rikenglik haqida bir nechta qiziqarli maqolalarni nashr etdi. Rim Papasining 2019 yilda Abu-Dabiga tashrifi, Insonlar birodarligi haqidagi hujjat, Ibrohimlar oilasi uyi, Abu-Dabidagi buyuk hind ibodatxonasining qurilishi, yaqinda Dubayda yana bir hind ibodatxonasining ochilishi shular jumlasidandir. OAV BAAni uyg‘unlik va insonparvarlik vohasi sifatida ajratib turadigan plyuralistik axloqni ta’kidlaydi. Ushbu kampaniya haqida o‘ylar ekanmiz, boshqa axborot agentliklari bilan hamkorlik qilish zarurligini his qildik. Biz butun dunyo bo‘ylab o‘nlab agentliklar bilan bog‘lanib, mamlakatlarimiz va jamiyatlarimizni bag‘rikenglik va xilma-xillikni qabul qilish uchun hamkorlikka chorlaymiz. Biz taklif qilayotgan “bag‘rikenglik xartiyasi”ni ko‘plab axborot agentliklari imzoladi. Ushbu nizom har bir tomonning yangiliklar, intervyular, hujjatli filmlar va hokazolar orqali bag‘rikenglikni targ‘ib qilishga tayyorligini tantanali ravishda e’lon qiladi. Ko‘pgina axborot agentliklari darhol o‘zlarining yangiliklarida ushbu mavzuga e’tibor berishni boshladilar. Biz bundan bag‘oyat juda hursandmiz. Ishonamizki, OAV tor, zo‘ravon mafkuralar va diniy ekstremizm bilan bo‘lingan dunyoda, albatta, qutqaruvchi rol o‘ynaydi. Yangiliklarda nafrat va bo‘linish haqida xabar berish o‘rniga, nega biz ko‘plab dinlar, madaniyatlar va dunyoqarashlar nafaqat gullab-yashnashi, balki bir-birini boyitishi va mustahkamlashi haqidagi ajoyib hikoyalarga e’tibor qarata olmaymiz? WAM o‘quvchilari BAAning mamlakatdagi uyg‘unlik va birlikning ajoyib ko‘rinishlarini aks ettiruvchi ko‘plab hikoyalarini o‘qishlari mumkin. Biz buni o‘zimizni yaxshi ekanimizni ko‘rsatish uchun emas, balki barkamol, tinch va bag‘rikeng jamiyatlargina barqarorlik va farovonlikka erishishi mumkinligini odamlarga yetkazish uchun qilyapmiz. Agar 200 millat vakillari BAAni o‘z uyi sifatida tanlagan bo‘lsa, demak ularni bu yerga nimadir jalb qilgan. Jalb etuvchi omil bu uyg‘unlik va bag‘rikenglik madaniyatidir.

 

Muharrama Pirmatova, O‘zA