Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hamkorlarimiz sahifalarida
14:52 / 2022-06-10

Ozarbayjon do‘lmasi haqidagi kitob 12 millionga yaqin muxlis e’tiborida

Birlashgan Arab Amirliklari Abu-Dabi shahrida “Worldchefs Congress & Expo 2022” – 39-Jahon gastronomiya oshpazlari kongressi va ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur anjuman doirasida Ozarbayjon milliy pazandachilik assotsiatsiyasi va jahon islom pazandachiligi uyushmasi (WICS) prezidenti, Butunjahon oshpazlar jamiyati (WACS)  a’zosi, Ozarbayjonda xizmat  ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “Shohrat” ordeni sohibi, tarix fanlari nomzodi, professor Tohir Amiraslonovning “Do‘lma – barcha nuqtalar i ustida” kitobi katta muvaffaqiyat bilan taqdim etildi. “Trend” axborot agentligi shu haqda xabar tarqatgan.

1928 yil oktyabrda tashkil etilgan Jahon gastronomiya oshpazlari kongressiga asos solinishi Fransiya poytaxti bilan bog‘liq. Ushbu voqea Parijdagi Sorbonna tarixiy-me’moriy yodgorligida bo‘lib o‘tgan. Ayni payt kongress butun dunyo bo‘ylab 115 professional uyushmadan 12 millionga yaqin oshpazni birlashtirgan global tarmoq hisoblanadi. Bu yilgi ko‘rgazma ham ijtimoiy tarmoq orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilindi va jahon telekanalllariga taqdim etildi. Xususan, “Do‘lma – barcha nuqtalar i ustida” asari Butunjahon oshpazlar jamiyati prezidenti Tomas Gugler tomonidan yuqori baholandi.

Dunyo pazandaligining asosiy yo‘nalishlarini qamrab oluvchi noyob interaktiv platforma – “Worldchefs Congress & Expo” ko‘rgazma, kongress va forum tadbirlarini, mahorat darslari, seminar va taqdimotlarni o‘z ichiga olgan biznes dasturdir. Loyiha finalida besh qit’adan kelgan professional oshpazlar eng yuqori unvon uchun bahslashadilar.

Qurultoy doirasida Tohir Amiraslanov ozarbayjon oshxonasining tarixi, an’analari va o‘ziga xos xususiyatlari haqida ma’ruza qildi, milliy taomlar targ‘ibotiga qaratilgan qo‘shma loyihalar amalga oshirish maqsadida hamkasblari bilan muloqot o‘tkazdi.

– 30 yildan buyon, uyushmaga a’zo bo‘lganimizdan beri dunyoni ozarbayjon oshxonasi bilan tanishtirib kelamiz, bu biz uchun faxr, – deydi Tohir Amiraslanov. – Ozarbayjon do‘lmasi 2017 yil YUNESKO nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Ushbu qadriyatimizni ommalashtirish, asrab-avaylash va targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratyapmiz.

Muallifning milliy do‘lma haqidagi ikkinchi kitobi – “Do‘lma – barcha nuqtalar i ustida” asarida tarixiy va ilmiy faktlar taomning o‘ziga xos jihatlarini ochishga xizmat qilgan. Olimning birinchi kitobi “Ozarbayjon oshxonasida. 381 turdagi do‘lma” 2019 yili “Gourmand World Cookbook Awards” xalqaro tanlovida dunyoning eng yaxshi nashri sifatida e’tirof etilgandi. 


Muharrama Pirmatova tayyorladi.

O‘zA