Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hamkorlarimiz sahifalarida
21:30 / 2022-05-25

Istanbulda Turkiya-Afrika media sammiti boshlandi.

Mazkur tashabbus Turkiya va Afrika davlatlari matbuot organlari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan, deb xabar bermoqda “Anadolu” axborot agentligi.

Har yili 25 may kuni nishonlanadigan Afrika kuni munosabati bilan Turkiya Prezidenti ma’muriyati huzuridagi Aloqa byurosi tomonidan tashkil etilgan sammitda Afrikaning 45 davlatidan OAV xodimlari, shuningdek, diplomatlar, davlat idoralari, olimlar, tadbirkorlar, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirok etyapti. Ular orasida “TRT”, “Anadolu” “Daily Sabah”, “GNEC Media”, “MSG Media”, “Standard Group” singari mashhur tuzilmalar ekspertlari bor.

Ikki kunlik sammit davomida media sohasida gender tengligi, shuningdek, pandemiyadan keyin jurnalistika oldida turgan dolzarb muammolarga bag‘ishlangan munozaralar tashkil etiladi. Afrikaga sarmoya kiritgan turk shirkatlari hamda inson kapitaliga hissa qo‘shayotgan muassasa va tashkilotlar taqdimotlari ortidan maxsus sessiyalar bilan yakunlanadi.

“TRT” teleradiokompaniyasi boshqaruvi a’zosi, doktor O‘g‘uz Go‘ksu anjuman minbari orqali ishtirokchilarni media sohasi vakili sifatida ayrim sohalar rivojiga to‘g‘anoq bo‘ladigan qiyinchiliklarga qarshi turish, global ma’lumotlarga e’tibor qaratish, yangi texnologiyalardan foydalanish va ijtimoiy tarmoqda faol bo‘lishga chaqirdi.

- 2022 yil yanvar holatiga ko‘ra, 7,9 milliard kishilik sayyoramizda 5,3 milliard mobil telefon egasi, 4,9 milliard internet mijozi, 4,6 milliard ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi bor, - deydi taniqli ekspert. - 16-64 yosh oralig‘idagi kishilar kuniga o‘rtacha 7 soat vaqtini internet bilan o‘tkazadi. Jumladan, ijtimoiy tarmoqqa sarflanadigan vaqt 2,5 soatni, yangiliklar va ommaviy axborot vositalarini o‘qish uchun ketadigan vaqt esa 2 soatdan ko‘proqni tashkil qiladi. 63 foiz odam global tarmoqdan, asosan, axborot olish uchun foydalanadi. Demak, bugun raqamli media an’anaviy vositalardan ko‘ra muhimroq. Shu bilan birga onlayn yolg‘on va soxta ma’lumot oqimi 61 foizga yaqin. Xabarning haqqoniyligini ta’minlash, buzib taqdim etiladigan ma’lumotni idrok etish borasida o‘ta jiddiy xavotirga o‘rin bor.

Muharrama Pirmatova tayyorladi.

O‘zA