Hamkorlarimiz sahifalarida O‘zbekiston
Birlashgan Arab Amirliklari axborot agentligi “WAM” muxbirlari Salma Al Shamsiy va Ahmad Al Botliy Savdo-sanoat palatalari federatsiyasi Bosh kotibi Hamid Muhammad bin Salim va O‘zbekiston Respublikasining BAAdagi Favqulodda va muxtor elchisi Abdulaziz Aqqulovning uchrashuvida ishtirok etib, maxsus maqola tayyorladi.
Muloqot chog‘ida mamlakatimiz kompaniyalari va xususiy sektor vakillarining BAA biznes sub’ektlari bilan hamkorligini rivojlantirish masalasi muhokama qilingan.
Federatsiyaning Dubaydagi vakolatxonasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda, ayniqsa, Amirlik va O‘zbekiston kompaniyalari o‘rtasida sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, BAA va O‘zbekistonda qo‘shma investitsiya loyihalarini ko‘paytirish, xususiy sektorning ikki davlat iqtisodiyoti o‘sishiga qo‘shayotgan hissasini oshirish bo‘yicha tajriba almashish masalasi ham ko‘tarilgani bayon qilingan.
Muharrama Pirmatova, O‘zA