Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hamkorlar bilan tajriba almashildi
17:39 / 2025-06-19

Buxoro davlat universitetiga Xenan qishloq xo‘jaligi universiteti vakili Yu Xuyeke hamda Xitoy qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi, paxta ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassisi Li Xuyeying tashrif buyurdi. Universitet rektori Obidjon Hamidov xitoylik olimlarni fakultetda qishloq xo‘jaligining turli sohalarini rivojlantirish uchun amalga oshirilayotgan ishlar bilan batafsil tanishtirdi.

Shuningdek, universitetning Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiyalar fakultetida Parrandachilikka ixtisoslashgan ilmiy laboratoriya yordamchi xo‘jaligining ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda xitoylik olimlar ishtirok etdi. Shuningdek, fakultetda “Xitoy texnologiyasi asosida g‘o‘za yetishtirish tajribasi” mavzusidagi davra suhbati ham tashkil etildi. 

Davra suhbatida “Buxoro viloyati tuproqlarining yaxshilash va unumdorligini oshirish” mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi. Shuningdek, Xitoy texnologiyasi asosida g‘o‘za ekishning samarali usullari, ekish sxemalari, ekish chuqurligi va agrotexnik yechimlar haqida muhim ma’lumotlar ham taqdim etildi. 

– 2024-2025 o‘quv yili davomida Buxoro davlat universiteti Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakulteti qoshida Respublika qushlarni muhofaza qilish jamiyatining Buxoro viloyati filiali tashkil etilgan. Shu bilan birgalikda, jamiyat qoshida “Yosh orentologlar klubi” faoliyat yuritmoqda. Mazkur klubga 2006 yilda asos solingan. Bugungi kunda qushlarni muhofaza qilishga oid amaliy ishlar amalga oshirilmoqda, –  deydi biologiya kafedrasi dotsenti Muxtor To‘rayev.

Bu kabi ilmiy-amaliy uchrashuvlar qishloq xo‘jaligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etishga xizmat qilmoqda.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.