Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hamjihatlik, ochiq muloqot va yaqin sheriklik tarafdorimiz
14:39 / 2025-09-25

Munosabat

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida so‘zlagan nutqi jahon hamjamiyati e’tiborini tortdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Bu tarixiy chiqishga deputatlar ham o‘z munosabatlarini bildirishmoqda. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Zafar Xudoyberdiyev mazkur nutq haqida o‘z fikrlarini bayon qildi.

—Davlatimiz rahbarining yuksak minbardan turib chin yurakdan aytgan so‘zlari, jahon ahlini o‘ylantirib turgan jiddiy masalalar qamrab olingan konstruktiv taklif va tashabbuslari e’tiborga loyiq. Masalan, ulardan ayrimlarini sanab o‘tamiz:

— Keng mintaqamiz miqyosida Osiyo xotin-qizlar forumini doimiy platformaga aylantirib, muntazam o‘tkazib borish;

— Bosh Assambleyaning Markaziy Osiyo mamlakatlarining mintaqaviy sheriklik va iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirishga qaratilgan harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga doir rezolyutsiyasini qabul qilish;

—BMTning Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi bilan hamkorlikda Reabilitatsiya va qayta integratsiya masalalari bo‘yicha tuzilgan Mintaqaviy Kengashni Xalqaro kompetensiyalar markaziga aylantirish va Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasining mintaqaviy ofisini O‘zbekistonda ochish;

—Afg‘oniston orqali xalqaro transport va energetika koridorlarini rivojlantirish bo‘yicha BMTning alohida rezolyutsiyasini qabul qilish;

—Iqlim migratsiyasining kuchayib borishi masalasida keng xalqaro sheriklik va muvofiqlashtirilgan siyosat yuritish bo‘yicha Global pakt qabul qilish;  

—Sog‘liqni saqlash, ta’lim va madaniyat sohalarida sun’iy intellektning amaliy yechimlari va modellarini beg‘araz almashishga qaratilgan Xalqaro hamkorlik mexanizmini yaratish;

— “Jahon yoshlarining tinchlik sari harakati”ni ta’sis etish va uning qarorgohini O‘zbekistonda joylashtirish kabi taklif va tashabbuslar shular jumlasidan.

Mamlakatimiz rahbari o‘z nutqida xalqaro vaziyatga baho berar ekan, G‘azo sektoridagi tobora keskin yomonlashib borayotgan gumanitar inqirozni e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmasligi, bu yerda harbiy harakatlarni to‘xtatish va siyosiy muzokaralarni davom ettirishga chaqirdi hamda O‘zbekiston BMT rezolyutsiyalariga muvofiq, “ikki xalq uchun – ikki davlat” tamoyilini amalga oshirishning qat’iy tarafdori ekanini bildirdi. Shuningdek, Ukraina atrofidagi vaziyatni ham diplomatik yo‘llar bilan hal etish bo‘yicha yuqori darajadagi muloqotlar boshlanganini olqishladi.

BMTning yuksak minbaridan turib bildirilgan ushbu taklif va tashabbuslar yaqin yillarda amaliyotda o‘z mevasini bera boshlaydi. Ularning amaldagi in’ikosi esa hozirgi kunda dunyoda kuchayayotgan qarama-qarshilik, nizo va urushlarni, texnologik va ijtimoiy tengsizlikni, iqtisodiy va gumanitar inqirozlarni bartaraf etishga xizmat qiladi.

Nigora Rahmonova yozib oldi.

O‘zA