English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hamjihatlik, mustahkam intizom koronavirusni yengadi
19:31 / 2020-04-01

Navoiy kon-metallurgiya kombinati mamlakatimiz iqtisodiyotining yetakchi drayveri hisoblanadi.


Navoiy kon-metallurgiya kombinati mamlakatimiz iqtisodiyotining yetakchi drayveri hisoblanadi. Ushbu yirik sanoat korxonasida ishlab chiqarilayotgan qimmatbaho metallar hamda boshqa turdagi xalq isteʼmoli mahsulotlari mamlakatimiz qudratini yana-da oshirishga xizmat qilmoqda.

Eng muhimi, koronavirus pandemiyasi vaqtida ham koʻpming kishilik kombinatda zamonaviy texnologiyalarga asoslangan barcha gidrometallurgiya zavodlari, ishlab chiqarish korxonalari va shaxtalarda ish toʻxtagani yoʻq. Ishchi-xodimlarning belgilangan tartibda muhofazasi taʼminlanib, faoliyat belgilangan reja asosida kecha-yu kunduz bir maromda davom etayotir.

Misol uchun, Navoiy mashinasozlik zavodida hozirda 3800 dan ziyod ishchi-xodim mehnat qilmoqda. Ish uzluksiz smenada tashkil etilgan. Barcha ishchi-xodimlar uchun yetarli ish sharoitlari yaratilgan. Ulkan dastgohlar ish surʼati bir muddat ham tingani yoʻq. Natijada mart oyida belgilangan rejalar ortigʻi bilan bajarildi.

photo_2020-04-01_19-28-11.jpg

– Ayni paytda xalqimiz ogʻir sinovni boshidan oʻtkazmoqda. Bundan aslo xavotirga tushish kerak emas. Buni yengib oʻtishning eng samarali yoʻli — faqat davlatimiz tomonidan qoʻyilayotgan talablar, shifokorlarimiz tavsiyalariga qatʼiy amal qilishdir. Zavodimizda ishchilarga gigiyenaga rioya etish borasida zaruriy tushuntirishlar berib kelinmoqda. Ish joylarida esa qulay shart-sharoitlar yaratilgan. Jumladan, ishga keluvchilar kunlik tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, doimiy niqobda boʻlish talab etilmoqda. Ish joylari tez-tez dezinfeksiyalanmoqda. Xodimlar ishga borib-kelishi uchun maxsus avtobuslar ajratilgan. Bunday gʻamxoʻrlik koʻrsatish doimiy eʼtiborimizda boʻladi. Shu oʻrinda aytmoqchimanki, hamjihatlik, ishdan tashqari vaqtni faqat uyda oʻtkazish, shaxsiy gigiyena va farzandlar tarbiyasiga bor eʼtiborni qaratish bu sinovni yengishning eng samarali usulidir – deydi zavod bosh muhandisi Karim Abdullayev.

Bugun kombinatning qay bir boʻlinmasiga bormang, albatta, ish jarayoni uzluksiz davom etayotganiga, har bir ishchi-xodim, muhandis-texnolog esa oʻz ish joyida butun masʼuliyatni zimmasiga olib yaratuvchanlik jarayonlarida faol ishtirok etib kelayotganiga guvoh boʻlasiz.

Abdumajid JOʻRAYEV,
NKMK bosh direktori matbuot kotibi