Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hamjihatlik ifodasi
10:33 / 2025-04-11

Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida "Urganji" mahalla fuqarolar yig‘ini uchun zamonaviy barpo etilgan yangi bino foydalanishga topshirildi.

Unda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari, nuroniylar, yoshlar, mahalla ahli ishtirok etdi.

Mazkur maskanning ochilishi aholi uchun chinakam bayramga aylandi. Dastlab bu yerda tashkil etilgan ko‘rgazmalar bilan tanishildi.

Viloyat rahbari O‘zbekiston U-17 o‘smirlar terma jamoasi a’zosi, “Odil juniyor” futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi Asilbek Aliyevning ota-onasi bilan muloqot qildi. Farzandining futboldagi yutuqlari, erishayotgan natijalari uchun ularga minnatdorchilik bildirildi.  

Mazkur mahallada 4 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Mahalla binosi 1970 yilda qurilgan bo‘lib, “mahalla yettiligi” 2 xonadan iborat binoda faoliyat yuritib kelayotgan edi. Aholining birdamligi, ahilligi bilan “Tashabbusli byudjet”da g‘olib bo‘linib, 1 milliard 390 million so‘m mablag‘ ajratilishi hisobiga zamonaviy sharoitlarga ega yangi bino qurildi.

Mahallada yashovchi yoshlar uchun vorkaut maydonchasi barpo etildi. Hududga kuzatuv kameralari ham o‘rnatildi.

Ramziy lenta qirqilib, tadbir ishtirokchilari yangi mahalla binosidagi sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

M.Sulaymonov, O‘zA