French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hamisha qalbimizda yashaysiz
17:11 / 2016-09-04

Surxondaryo viloyatidagi ta’lim muassasalarida ham yangi o‘quv yili “Biz sizni doimo yodimizda saqlaymiz” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan darslar bilan boshlandi.

Surxondaryo viloyatidagi ta’lim muassasalarida ham yangi o‘quv yili “Biz sizni doimo yodimizda saqlaymiz” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan darslar bilan boshlandi.

Termiz shahridagi 9-umumta’lim maktabida o‘tkazilgan “Xotira darsi”da pedagog-murabbiylar, maktab o‘quvchilari va ularning ota-onalari buyuk davlat arbobi, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti xotirasiga hurmat-ehtirom bajo keltirib, tinch-osoyishta, obod va farovon hayotimizni ta’minlash yo‘lidagi ezgu ishlarini yodga oldi. Islom Karimov portreti poyiga gullar qo‘yildi.

Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi doirasida Termiz shahridagi ushbu ta’lim maskani tubdan rekonstruksiya qilinib, navqiron avlodning puxta bilim olishi, iste’dod va salohiyatini namoyon etishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Keng va yorug‘ sinfxonalar zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan. Zamonaviy bolalar sporti inshooti o‘quvchi-yoshlarning jismonan chiniqishi, o‘zlari qiziqqan sport turi bilan shug‘ullanishiga xizmat qilmoqda.

– Tizimda yaratilgan bu kabi zamonaviy sharoitlar farzandlarimizning sog‘lom ulg‘ayishi va puxta bilim olishida muhim ahamiyat kasb etmoqda, – deydi umumta’lim maktabi direktori Sirojiddin Ro‘ziqulov. – O‘quvchilarimizni Birinchi Prezidentimizning buyuk maqsadlarini ro‘yobga chiqarish, barkamol insonlar etib tarbiyalash uchun bor imkoniyatimizni safarbar etamiz.

Maktabda 1 ming 186 o‘g‘il-qiz ta’lim oladi. Ulardan 193 nafari ta’lim muassasasiga ilk bor qadam qo‘ydi.

“Xotira darsi”da tajribali o‘qituvchilar zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda o‘quvchilarga Islom Karimovning hayot yo‘li haqida atroflicha ma’lumot berdi. Slaydlar orqali og‘ir va mashaqqatli yillarda mustaqil O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti sifatida amalga oshirgan ulkan ishlari, xalqimizning tinch va farovon turmushini ta’minlash yo‘lidagi jasorati, yoshlarga ko‘rsatgan beqiyos g‘amxo‘rligi namoyish etildi.

Interfaol usulda o‘tkazilgan “Xotira darsi” yakunida o‘quvchilarga uyda “Mustaqil yurt farzandiman” mavzusida yozma ish tayyorlash vazifasi topshirildi.

– Bizning har tomonlama yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishimiz uchun barcha sharoit va imkoniyatlarni yaratib bergan Prezidentimiz Islom Karimovning o‘chmas xotirasini abadiy yodimizda saqlaymiz, – deydi ushbu maktabning 9-sinf o‘quvchisi Aziz Rahmatullayev. – “Xotira darsi”da buyuk davlat va siyosat arbobining mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va yosh avlodning baxtu kamoli yo‘lidagi ishlari bilan yanada atroflicha tanishdik. Vatanga sadoqat, el-yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘ulari yanada mustahkamlandi. Yoshlarning rahnamosi bo‘lgan Islom Karimov orzu qilganidek insonlar bo‘lib ulg‘ayamiz.

“Xotira darslari” viloyatning barcha ta’lim muassasalarida o‘tkazildi.