Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hamisha barhayot siymo
17:54 / 2016-09-04

Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yilining ilk darsi Prezidentimiz Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yilining ilk darsi Prezidentimiz Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlandi.

Nukus shahridagi 37-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida yangi o‘quv yilining boshlanganidan darak beruvchi birinchi qo‘ng‘iroq chalindi. O‘quvchilar mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov portreti poyiga gullar qo‘yib, xotirasiga ta’zim bajo keltirdi.

Ushbu ta’lim maskanida 1 ming 900 o‘quvchi tahsil olmoqda. Joriy o‘quv yilida 324 bola birinchi sinfga qabul qilindi.

“Xotira darslari”da Prezidentimizning hayot yo‘li, asarlari, otalarcha g‘amxo‘rligi tufayli yosh avlod tarbiyasiga qaratilgan yuksak e’tibor samaralari haqida batafsil ma’lumot berildi. “Kelajak bizniki, marra bizniki!” nomli videorolik namoyish etildi.

Maktabning 9-sinf o‘quvchisi Aysenem Davletnazarova “Orasta qizlar” tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichida birinchi o‘rinni egalladi. Uning sinfdoshi Asadbek Sultonov Belarus davlatida o‘tkazilgan “Zolotaya pchyolka” xalqaro tanlovida opera yo‘nalishi bo‘yicha g‘olib bo‘lib qaytdi. 9-sinf o‘quvchisi Dilfuza Saliyeva va 8-sinf o‘quvchisi Muhabbat Davletboyeva badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.

– O‘qitish jarayoni ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida, interfaol usullarda olib borilmoqda, – deydi O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi Oysuluv Tajimuratova. – O‘tgan o‘quv yilida o‘tkazilgan fanlar olimpiadasi va bilimlar bellashuvi reyting natijalariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3-o‘rinni egallab, mamlakat bo‘yicha kuchli yigirmatalikka kirdik. Fanlar olimpiadasida 4, bilimlar bellashuvida 9 o‘quvchimiz Qoraqalpog‘iston va mamlakat bosqichida ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni egalladi. Bularning barchasi Yurtboshimizning ta’lim sohasiga qaratgan yuksak e’tibori, yosh avlod tarbiyasiga bo‘lgan g‘amxo‘rligi samarasidir.