Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Hamdo‘stlik – 2022”: o‘zbek – tojik birgalikdagi o‘quvi yakuniga yetdi
20:06 / 2022-08-10

10 avgust kuni O‘zbekiston va Tojikiston Respublikalari mudofaa vazirlari general-leytenant Bahodir Qurbonov hamda general-polkovnik Sherali Mirzo, Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov va boshqa mas’ullar «Hamdo‘stlik – 2022» o‘zbek–tojik birgalikdagi o‘quvining asosiy bosqichini kuzatdilar.

Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.

Birgalikdagi o‘quv g‘oyasiga ko‘ra ikki davlat chegarasini buzib kirmoqchi bo‘lgan shartli dushman to‘dalariga moto-o‘qchi, tank, artilleriya va boshqa jangovar bo‘linmalar tomonidan aniq zarbalar berildi.

Amaliy o‘quv yakunida O‘zbekiston va Tojikiston Respublikalari mudofaa vazirlari «Hamdo‘stlik – 2022» birgalikdagi o‘quv ishtirokchilari va tashkilotchilarini erishilgan yutuqlar bilan tabrikladi.

Jarayonlarda faol qatnashgan har ikki davlat harbiy xizmatchilari O‘zbekiston va Tojikiston Respublikalari mudofaa vazirliklari tomonidan ta’sis etilgan medallar, esdalik nishonlari va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

O‘zA