O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Misr Arab Respublikasiga safari juda sermazmun o‘tdi. Ikki kunlik rasmiy tashrif doirasida tarixiy ob’ektlarga ziyorat, ishbilarmon doira vakillari bilan uchrashuv, oliy darajadagi muzokara bo‘lib o‘tdi.
Davlat rahbarlari siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniyat va ta’lim sohalaridagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan Qo‘shma bayonot qabul qildilar. Ikki tomon aloqalarini mustahkamlashga qaratilayotgan ishlar e’tirofga sazovor.
O‘zA muxbiri ayni mavzuda ishbilarmon, Misrdagi O‘zbekiston Respublikasi Savdo va sanoat palatasi vitse-prezidenti Hamdi Abu Al-Anin fikrlarini yozib oldi.
– Prezident Shavkat Mirziyoyevning Misr Arab Respubkasiga tashrifi tarixiy voqelik bo‘ldi, biz bundan juda mamnunmiz. Yetakchilar huzurida qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi, mamlakatlarimiz munosabatini rivojlantirishga doir muhim kelishuvga erishildi.
Oldimizga ulkan maqsadlar qo‘yilgan, O‘zbekiston bilan yirik kelishuvlarga egamiz. Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisining yurtingizga amalga oshirgan so‘ngi tashrifi davomida qator hujjatlar imzolangan.
Shavkat Mirziyoyev 4 yil oldingi rasmiy uchrashuvda kelishilgan hujjatlar ijrosini nazorat qilish uchun Misrga kelgani xalqlarimiz manfaati uchun o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi.
Qayd etish kerak, O‘zbekiston Respublikasiga tikuv-sanoat sohasidagi tadbirkorlar bilan birga qilgan tashrifimda diyoringizda misli ko‘rilmagan rivojlanishga guvoh bo‘ldim.
O‘shanda Farg‘ona viloyatiga ham borganman. bugungi kunda mamlakatingiz tikuv-sanot sohasida ancha ildamlab ketgan. Respublikada ishlab chiqarilgan paxtani Misr tikuv fabrikalarida ko‘rishni istar edik.
<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/KKf2_yhkZz0" title="Hamdi Abu Al-ANIN: Misrda O‘zbekiston tijorat markazi ochmoqchimiz" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Shavkat Mirziyoyev rahbarligida yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlarni kuzatib boryapmiz, bu jarayon bizni behad xursand qiladi. Shunday ekan, uchinchi Rennesansga biz ham sherik bo‘lib, birgalikda rivojlanishimiz lozim.
Faqatgina tikuv-sanoat sohasida emas, balki boshqa yo‘nalishlarda ham xamkorlik qilish tarafdorimiz. O‘zbekiston mahsulotlarini Misr bozoriga olib kirishni istaymiz.
Shuningdek, Misr Respublikasida O‘zbekiston mahsulotlari madaniyati va tijoratini birlashtirib turadigan markaz ochish istagimiz bor. Xuddi shunday markazni Toshkenda ham tashkil qilamiz. Xullas, mazkur kelishuv, uchrashuv va muzokaralar ikki tomon uchun ham birdek manfaatli bo‘ladi, degan umiddamiz.
Behruz Xudoyberdiyev yozib oldi.
O‘zA