Halong ko‘rfazida halokat yuz berdi
Shanba kuni Halong ko‘rfazida yuz bergan kuchli shamol oqibatida “Wonder Sea” kemasi ag‘darilib ketgan. Ta’kidlanishicha, kema ichida jami 53 kishi, jumladan besh ekipaj a’zosi bo‘lgan.
Vetnam davlat axborot agentligi mahalliy hokimiyatga tayanib yozishicha, qutqaruvchilar omon qolgan 11 kishini va 37 jasadni yer yuzasiga olib chiqqan.

Rasmiylar qutqaruv operatsiyasi davom etayotgani sababli sayyohlar va ularning millatlari haqidagi tafsilotlarni hali tasdiqlamagan.

O‘lkadagi “Xalq armiyasi” gazetasining ma’lum qilishicha, yo‘lovchilarning aksariyati poytaxt Xanoydan kelgan sayyohlar bo‘lgan va ular ichida 20 ga yaqin bolalar ham bor edi.
Hodisa “Vifa” to‘foni Janubiy Xitoy dengiziga yetib kelganidan ko‘p o‘tmay sodir bo‘ldi.
M.Pirmatova, O‘zA