Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Halollik – muvaffaqiyatning asosiy omili
13:19 / 2025-11-26

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mamlakat taraqqiyoti, xalq farovonligi yo‘lida olib borilayotgan tub yangilanish jarayonlarida har bir sohada tartib, intizom, halollik ustuvor bo‘lishini ta’minlashga kattae’tibor qaratmoqda.

9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshikurashish kuni  munosabati bilan mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan keng qamrovli tadbirlarda bu jihatlar yana birkarra o‘zining  yorqin ifodasini topmoqda.    

“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” aksiyadorlik jamiyati tomonidan mazkur tuzilmaning bank xizmatlari ko‘rsatish markazlarida shu kunlarda   Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab mazkur moliyaviy tuzilmaning mutasaddilari,huquq tartibot idoralarining  mutaxassislari ishtirokida turkum tadbirlar, davra suhbatlari va uchrashuvlar, muloqotlar o‘tkazmoqda.    

[gallery-26416]

9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni  munosabatiga bag‘ishlangan ana shunday tadbir  “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” aksiyadorlik jamiyatining  Toshkent shahridagi “Sayohat” Bank xizmatlari markazida bo‘lib o‘tdi.          

Unda “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” aksiyadorlik jamiyatiningToshkent shahridagi “Sayohat” Bank xizmatlari markazi boshqaruvchisi o‘rinbosari Jahongir Madumarov, mazkur bankning Toshkayent shahar filiali Axborot xavfsizligi va rejim bo‘yicha bosh mutaxassisi Shavqiddin O‘rinov mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash olib borish borasidagi ishlar xususida atroflicha to‘xtaldilar.      

Mutaxassislarning fikricha, Birlashgan MillatlarTashkiloti tashabbusi bilan 2004 yildan boshlab har yili 9 dekabrda Xalqaro korrupsiyagaqarshi kurashish kuni butun dunyoda nishonlanadi. Shu kuni 2003 yilda MeksikaningMerida shahrida bo‘lab o‘tgan yuqori darajadagi siyosiy konferensiyada BMTning Korrupsiyagaqarshi konvensiyasi imzolash uchun ochiq deb e’lon qilingan. Korrupsiyaga qarshi konvensiya 2005 yildekabrda kuchga kirgan. Hozirgi kunga qadar unga 186 ishtirokchi qo‘shilgan. O‘zbekiston ushbu Konvensiyaga 2008 yilda qo‘shilgan.  Mamlakatimizda iqtisodiy jinoyatlar, korrupsiya holatlarining oldini olish borasida tizimli ishlar bajarilmoqda. Zero, korrupsiya mamlakat taraqqiyoti, uning farovonligiga, xalqaro maydondagi obro‘siga  jiddiy   putur yetkazuvchi illat ekani hech kimga sir emas.  

Tadbirda korrupsiya va qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, ayniqsa, yosh xodimlarning bilib-bilmay noto‘g‘ri yo‘llarga kirib qolishi, tavakkalchilik o‘yinlariga berilishining oldini olish, kriptovalyuta bilan bog‘liq operatsiyalardan ogoh bo‘lishi g‘oyat muhim ekani alohida ta’kidlandi. Zero, bank tuzilmalarining halol, samarali faoliyati ularning nainki mamlakatimiz aholisi orasida, balki dunyo miqyosidagi nufuzini va ishonchlilik darajasini belgilashda muhim omil sanaladi.    

Bu kabi ma’rifiy tadbirlar “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi  iqtisodiy faoliyat milliy banki” aksiyadorlik jamiyatining barcha filiallari, bank xizmati markazlarida yuqori saviyada o‘tkazilmoqda.                            

Nazokat Usmonova, Nosirjon Haydarov (suratlar), O‘zA muxbirlari