Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Halollik madaniyatini oshirish korrupsion omillarni bartaraf etadi
10:44 / 2025-12-13

“O‘zbek geologiya qidiruv” aksiyadorlik jamiyatida “Adolat” SDP bilan hamkorlikda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan “Korrupsiyasiz jamiyatni birga quramiz!” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Unda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, “Adolat” SDP va “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ xodimlari ishtirok etdi. 

Tadbirda qayd etilganidek, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qator islohotlar amalga oshirilmoqda. So‘zga chiqqanlar bu borada erishilayotgan natijalar va korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar hamda mazkur sohada qabul qilingan qonunchilik va ichki me’yoriy hujjatlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi «Adolat» SDP fraksiyasi rahbari o‘rinbosari Muhammad Valiyev bugungi kunda O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashda faqat jinoiy javobgarlik emas, balki preventiv choralar, raqamli monitoring, jamoatchilik ishtirokini oshirish, ichki nazorat tizimlarini takomillashtirish va xalqaro standartlarga moslashtirish kabi keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidlab o‘tdi. 

Shuningdek, “O‘zbek geologiya qidiruv” AJda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ham ma’lumotlar berildi.

Qayd etilganidek, mazkur jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi asosida ichki nazorat bo‘limi tashkil etildi. Bo‘lim korrupsiyaga qarshi davlat siyosatini yuritish ishlari bilan shug‘ullanib, xalqaro standart talablariga asosan ishlash tizimini yo‘lga qo‘ydi. 

2023 yil jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi xalqaro kompaniya tomonidan auditdan o‘tkazildi va xalqaro ISO 37001:2016 standart sertifikatini qo‘lga kiritdi.

Korrupsiyaga qarshi menejment tizimi bo‘yicha aksiyadorlik jamiyatida shaffoflik va ochiqlik ta’minlandi. Ishga qabul qilish jarayonlari tartibga solindi, inson omilini kamaytirish, manfaatlar to‘qnashuvlarini boshqarish, kontragentlar bilan ishlash yo‘riqnomalari ishga tushirildi.

Bundan tashqari, buxgalteriya hisobini yuritishning xalqaro standart talabiga o‘tildi, xodimlarning korrupsiyaga qarshi huquqiy bilimi muntazam oshirib borilishi yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek, aksiyadorlik jamiyatida har qanday korrupsiyaviy holatlar bo‘yicha xabarni yetkazish maqsadida ishonch aloqa kanallari tashkil etilgan. 2024 yil yakunlari bo‘yicha jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorlik ko‘rsatkichi 84 ball, ya’ni “yaxshi” natijani qayt etdi.

Tadbir davomida korrupsion xatti-harakatlarning oldini olishda xodimlar orasida halollik madaniyatini oshirish, tender jarayonlarida shaffoflikni ta’minlash, mansab vakolatlarining suiiste’mol qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik muhimligi ta’kidlandi. 

Muhtarama Komilova, O‘zA