Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Halollik — bizdan boshlanadi" tanlovi
17:17 / 2025-12-09

Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Unda talabalar bilan korrupsiyaning mohiyati va uning xavfli oqibatlarini anglashga qaratilgan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Ta’kidlanganidek poraxo‘rlik, ijtimoiy iste’mol uchun mo‘ljallangan tovar va xizmatlarni noqonuniy o‘zlashtirish, urug‘-aymoqchilik, mahalliychilik kabi ko‘rinishlarga ega bo‘lgan korrupsiya ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga putur yetkazuvchi jiddiy jinoyat hisoblanadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashabbusi bilan 2004 yildan boshlab har yili 9 dekabrda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni butun dunyoda nishonlanadi. Ushbu illatga qarshi kurashish mamlakatimizda ham davlat faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylangan.

Tadbir doirasida “Yoshlar korrupsiyaga qarshi!” mavzusida plakatlar tanlovi tashkil etildi. Unda ishtirokchilar o‘z g‘oyalarini rang, siymo va mazmun uyg‘unligida ifoda etib, korrupsiyaga nisbatan shaxsiy munosabatlarini yaqqol aks ettirishdi.  

“Halollik — bizdan boshlanadi" shiori ostida o‘tkazilgan tanlov yakunida 1-kurs magistranti N.Sabitova birinchi, 2-kurs talabasi U. Turg‘anbayeva ikkinchi, 1-kurs talabasi A. Ilyasov esa  uchinchi o‘rinni egalladi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri