French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Halollik – barcha yutuqlarning asosi
12:00 / 2025-06-20

“Navoiyuran” davlat korxonasida Navoiy ixtisoslashtirilgan prokuraturasi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Korrupsiya tushunchasi, mazkur sohadagi qonunchilik talablari hamda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xodimlar huquqiy madaniyatini oshirish va xulq-atvorini shakllantirish” mavzusida seminar tashkil etildi.

Unda so‘zga chiqqanlar korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash, ularning oldini olish hamda bunday holatlarga olib keluvchi omillarni bartaraf etish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar, tizimda kuzatilayotgan jinoiy holatlar, kelib tushayotgan murojaatlar va ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha ma’lumot berdi. 

– Korxonamizda “Halollik vaksinasi” tamoyili asosida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish borasida muntazam ravishda tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib boriladi, – deydi Komplayens xizmati boshlig‘i A.Mustafayev. – Ayniqsa, joriy yilda korxonada ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimi” va ISO 37301:2021 “Komplayens menejmenti” xalqaro standartlari joriy etilgani tizimli va samarali faoliyat uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Seminar yakunida korxona mehnat jamoasi o‘rtasida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish lozimligi, har bir inson o‘z faoliyatida halollik, shaffoflik va mas’uliyat prinsiplariga sodiq qolish zarurligi yana bir bor uqtirildi.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri