Poytaxtimizda Biznes-ombudsmanlar va IV Biznesda halollik xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi.
Nufuzli xalqaro tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan tashkil etildi.
Forumda 10 ga yaqin mamlakatdan 250 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashdi. Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti hamda Jahon banki kabi xalqaro tashkilotlar vakillari ham ishtirok etdi.
Tadbirda tadbirkorlar huquqlarini himoya qilishning institutsional mexanizmlarini mustahkamlash, halol biznes amaliyotlari va korrupsiyaga qarshi xalqaro ilg‘or tajribalar muhokama qilindi.
Shuningdek, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyodagi Biznes-ombudsman institutlari faoliyati, tadbirkorlar huquqlarini himoya qilishdagi roli, asosiy tendensiyalar va muvaffaqiyatli milliy tashabbuslar ham e’tiborga olindi.
Forum doirasida "Biznes-ombudsman institutlarini rivojlantirish: mintaqaviy tajriba tahlili va asosiy xulosalar" mavzusida muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
Forum yakunida O‘zbekiston biznesining korrupsiyaga qarshi kurashish Xartiyasiga yangi a’zolarni qo‘shish marosimi bo‘lib o‘tdi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/0XqayW5-Qnc" title="Halol biznes amaliyotlari va korrupsiyaga qarshi xalqaro ilg‘or tajribalar o‘rganildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Gulnoza Boboyeva,
Nishonboy Abduvoitov (video), O‘zA