English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hajga borganlar bugun Arofatda
15:52 / 2022-07-08

Dunyodagi barcha mo‘min-musulmonlarga ikki yillik tanaffusdan keyin haj yo‘li yana ochildi. Ziyoratning farz marosimlarini bajarishga kirishildi.

Shunday amallardan biri Makka yaqinidagi Arofatda turishdir. Ziyoratchilar tunni Arofat etagida, shuningdek, Rahmat tog‘i (Jabal ar-Rahma), deb ataladigan joyda namoz o‘qib o‘tkazishadi.

Arofat tog‘i Makkai Mukarramadan, taxminan, 22 kilometr sharqda, Makka va Toif o‘rtasidagi yo‘lda joylashgan. Minodan 10, Muzdalifadan esa 6 km masofada. “Rahmat tog‘i”ning nomlanishi Arofat kunida hojilarga tushadigan marhamat va baraka yaqinligini anglatadi.

Bo‘lajak hojilarimizga ibodatlarida yengillik tilaymiz.


Abror XON, O‘zA