“Haj” ziyorati bilan bog‘liq firibgarlik holatiga chek qo‘yildi
Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Farg‘ona shahrida faoliyat yurituvchi turistik firma xodimi – Marg‘ilon shahrida yashovchi, 1987 y.t. fuqaro va uning o‘g‘lini 20 ming AQSH dollari evaziga Saudiya Arabistoniga Haj ziyoratiga yuborishni va’da qilib, talab qilingan summadan 10 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Tezkor surishtiruv harakatlari davomida, u ushbu pul mablag‘ini turistik firma rahbarining ko‘rsatmasi asosida olganligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar muqaddas Haj safariga borishda firibgarlarning tuzog‘iga tushib, aldanib qolmang. Ogoh bo‘ling!
O‘zA