French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Haj va umra xizmatlari konferensiya-ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda
20:37 / 2023-01-10

Joriy yilning 9-12 yanvar kunlari Jidda shahrida joylashgan “Superdome” forumlar saroyida Haj va umra xizmatlari konferensiya-ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda.

Saudiya Arabistoni Makka Amiri, Ikki muqaddas masjid xodimi maslahatchisi Shahzoda Xolid al-Faysal tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur nufuzli tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Muzaffar Komilov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev ishtirok etmoqda.  

Mazkur xalqaro ko‘rgazma Saudiya Arabistoni Podshohligi hukumati "Haj-2023" tadbirlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida o‘tkazilmoqda.  

Tadbirda dunyoning turli davlatlaridan vazirlar, muftiylar, haj va umra tadbirlarini tashkil etishga mas’ul Saudiya Arabistonining idoralari va xalqaro kompaniyalar ishtirok etmoqda.

Ko‘rgazma doirasida "Haj-2023" mavsumida mehmonxona, ovqatlanish, transport, qurbonlik, Mino, Arafat va Muzdalifa vodiylarida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha zamonaviy loyihalar taqdimot qilinadi.

Ushbu tadbir Saudiya tarixida keng jabhada birinchi bor tashkil etilayotgani bilan katta ahamiyatga ega bo‘lib, bu orqali Saudiya hukumati haj va umra ziyoratchilariga sifatli xizmat ko‘rsatilishini tashkil etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.  

Anjuman doirasida Haj va umra ziyoratchilariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar haqida o‘zbek, arab va ingliz tillarida chop etilgan "O‘zbekistonlik ziyoratchilar uchun haj va umra xizmatlari" nomli fotoalbom ishtirokchilarga taqdim etildi.

O‘zA