Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Haj safaridan qaytib kelishdi
11:22 / 2025-06-23

Haj safarini ko‘tarinki kayfiyatda yakunlagan qoraqalpog‘istonlik ziyoratchilar yurtimizga qaytib kelishdi.

Nukus xalqaro aeroportida hojilarni kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari R.Nurazizov, Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyotining qozisi B.Razov, qoziyot xodimlari, imom-xatiblar, Nukus madrasasi o‘qituvchilari, ziyoratchilarning yaqinlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Haj safari doirasida davlatimiz tomonidan ziyoratchilarning sog‘lig‘i, xavfsizligi va qulay sharoitda ibodatlarini ado etishlari uchun zarur barcha choralar ko‘rildi. Borish va kutib olish jarayonlari ham puxta reja asosida olib borildi.

Ziyoratchilarimiz o‘z navbatida Prezidentimizga chuqur minnatdorlik bildirib, bu yilgi Haj safari yuksak darajada tashkil etilganini aytib,  muqaddas qadamjolarda Haj amallarini ado etib, yurtimiz ravnaqi hamda  xalqimiz tinchligi uchun  duo va ibodat qilganlarini ta’kidlashdi.

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri