Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Haftalikning “Ilm-fan kuni” samarali o‘tdi
17:53 / 2023-10-25

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Infolib O‘zbekiston – 2023" XII Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Kutubxona fondini raqamlashtirish, elektron resurslarga qayta ishlov berishning samarali usullari” mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar viloyatlar hamda tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlari soha mutaxassislari uchun tashkil etilgan tadbirda so‘nggi yillarda olib borilayotgan islohotlar, raqamli texnologiyalar yordamida kutubxona fondini raqamlashtirish, elektron resurslarga qayta ishlov berishning samarali usullari to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Ushbu seminar davomida Milliy kutubxona tizimidagi axborot-kutubxona markazlari xodimlarining skanerlash va raqamlashtirish, shuningdek, raqamlashtirilgan resurslarga qayta ishlov berish jarayonlari haqida nazariy va amaliy jihatdan tajribalarini boyitish, joylarda olib borilayotgan monitoring natijasida aniqlangan kamchiliklarni tezda bartaraf etish choralarini o‘qitish maqsad qilib olingan.

Skanerlash va raqamlashtirish xizmati rahbari Navro‘z Akkuziyev bugungi kunda kutubxonachilik sohasida olib borilayotgan raqamlashtirish jarayonlari, zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda yuksak darajada aholiga zamonaviy axborot-kutubxona xizmatlarini ko‘rsatish kabi dolzarb vazifalarni alohida sanab o‘tdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamda uning tarkibidagi axborot-kutubxona markazlarining moddiy texnik bazasi zamonaviy raqamlashtirish qurilmalari bilan ta’minlanganligini, hozirda kutubxonada Germaniyadan keltirilgan eng so‘nggi rusumdagi 8 turdagi 38 ta skaner qurilmalari mavjudligi ta’kidlandi.

“Mutaxassisning fikricha, bu yerda bugungi kunda kutubxonaning fondinigina raqamlashtirib qolmasdan, balki yurtimizdagi yirik arxivlar, muzeylar hamda tashkilot va idoralarning hujjatlarini ham autsorsing xizmati orqali raqamlashtirish xizmati yo‘lga qo‘ygan. Shu bilan birga malaka oshirish kurslari ham yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, respublikada mavjud boshqa kutubxonadagi mutaxassislarga ham ushbu kurs davomida raqamlashtirishning barcha jabhalari batafsil nazariy hamda amaliy jihatdan o‘rgatilmoqda.

Haftalikning “Ilm-fan kuni"da “yedo.ijro.uz idoralararo elektron hujjat almashinuv tizimidan foydalanish” mavzusida seminar, “Axborot texnologiyalari asrida kutubxona kadrlarini tayyorlashning dolzarb vazifalari” mavzusida davra suhbati, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari ishtirokida “Birgalikda kitob o‘qiymiz” nomli adabiy kecha, “Yig‘ma elektron katalog: Ilg‘or xorijiy tajriba va hamkorlik istiqbollari” mavzusida seminar, “Jahon xotirasi” dasturi: noyob hujjatli merosni saqlash, ro‘yxatga nomzodnoma tayyorlash” mavzusida seminar, “Yuridik adabiyotlar publish” nashriyotining huquqiy adabiyotlar taqdimoti va boshqa ko‘plab qiziqarli tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

N.Usmonova, O‘zA muxbiri